Faqat trucking kompaniya egalari uchun
Factoringda brokerlar to‘lamagan pulni topib, uni qaytarishga yordam beraman
Aging hisobotingizdagi 30 kundan oshgan har bir yukni 2 hafta ichida bepul ko‘rib chiqaman va qaysi yukning puli qaytishini aytaman. Keyin jamoam brokerlarni follow up qiladi, kerak bo‘lsa, bondga claim ochadi.
Bepul auditga yozilish uchun truck soningizni tanlang
- $3,5 mln
- Bitta mijozimizga 2026-yilning o‘zida yig‘ib berdik
- 2 hafta
- Aging hisobotingizni bepul tekshiramiz
- 15%
- Faqat yig‘ib bergan pulimizdan olamiz
Har bir yukni eng eskisidan boshlab follow up qilamiz, broker baribir to‘lamasa, uning bondiga claim ochamiz.
Shu gaplar sizga tanishmi?
- Broker 60 kundan beri to‘lamayapti
- Factoring yana chargeback qildi
- Shartnomada 1% edi, nega 3% ketyapti?
- Same-day uchun yana 1% oldi
- Shartnoma o‘zi uzayib ketibdi
- BOL’ning bitta sahifasi yetishmayapti
- Broker “bu bizning yuk emas” deyapti
- Kam submit qilgan oyda charge keldi
- Bondga claim ochsak bo‘ladimi?
- Yangi MC’ga 3% taklif qilishdi
Aging
Brokerda qolib ketgan pulni eng eski yukdan boshlab yig‘amiz
Broker yukingizni 30–40 kunda to‘lashi kerak, lekin ba’zi brokerlarni follow up qilmasangiz, umuman to‘lamaydi. Biz bitta mijozimizning agingida 138 kundan beri to‘lanmay yotgan yukni ham ko‘rganmiz.
Men agingni doim eng eski yukdan boshlayman. Avval 60 kundan oshgan yuklarni olaman, keyin 46 kundan va 30 kundan oshganlariga o‘taman.
- 1
Hujjat
Avval BOL, POD va Ratecon to‘liqmi, shuni tekshiramiz, chunki hujjat yetishmasa, broker to‘lamaslikka haqli bo‘ladi.
- 2
Email va call
Brokerga email yozib, qachon va qancha to‘lashini so‘raymiz, javob kelmasa, qo‘ng‘iroq qilamiz.
- 3
Broker portali
Katta brokerlarning to‘lov saytida har bir yukning to‘lov sanasi ko‘rinib turadi.
- 4
Bond claim
Broker baribir to‘lamasa, uning bondiga claim ochamiz.
- 5
Collection
Yukni collectionga eng oxirida beramiz, chunki u yig‘gan pulining 45–50 foizini o‘zi oladi.
Men ko‘rgan to‘lanmagan yuklarning ko‘pida sabab driver tashlamagan BOL hujjatida bo‘lib chiqadi.
Ko‘p factoring broker to‘lamagan yukning pulini ma’lum muddatdan keyin keyingi yuklaringiz pulidan chargeback qilib ushlab qoladi. Demak, eski yuk yig‘ilmaguncha, uning puli sizning cho‘ntagingizdan ketgan bo‘ladi.
Bu ish uchun faqat brokerlardan yig‘ib bergan pulimizning 15 foizini olamiz. Pul yig‘ilmasa, hech narsa to‘lamaysiz.
| Yuk | Broker | Kun | Summa | Holat |
|---|---|---|---|---|
| #4821 | Broker A | 138 | $3 200 | To‘landi |
| #4790 | Broker B | 109 | $2 750 | To‘landi |
| #4755 | Broker C | 94 | $4 100 | To‘landi |
| #4702 | Broker D | 61 | $1 980 | To‘landi |
| #4688 | Broker E | 47 | $2 300 | To‘landi |
Shartnoma
1,25% deb imzolagan shartnomangiz 2,90% chiqishi mumkin
Ownerlar ko‘pincha faqat foizga qaraydi, chunki shartnoma 20–25 betlik bo‘ladi va qolgan to‘lovlar ichkaridagi bandlarda murakkab qilib yozib qo‘yiladi.
- 1
Factor fee 1,25%
Bu foizni agent aytadi va u shartnomada ham yoziladi.
- 2
Flex rate +0,65%
Hajmga qarab yana 0,65% qo‘shiladi va foiz 1,90% bo‘ladi.
- 3
Same-day / wire +1%
Pul o‘sha kuni kerak bo‘lsa, wire uchun yana 1% qo‘shiladi va jami 2,90% chiqadi.
Men shartnomani o‘qiganda har bir to‘lovni topib, ularni foizga qo‘shaman va oyiga jami qancha ketishini hisoblayman.
Deylik, oyiga $100 000 submit qilasiz va pulni har safar o‘sha kuni olasiz.
Farqi yiliga $19 800 bo‘ladi.
Shartnomada yana shunday bandlar bo‘lishi mumkin
Oylik minimal submit
Kam submit qilgan oyingizda foiz oshadi yoki qo‘shimcha to‘lov keladi.
Avtomatik uzayish
Tugashidan 90 kun oldin xabar bermasangiz, shartnoma yana bir yilga o‘zi avtomatik uzayib ketadi.
Muddat
Bir yilga kelishgan bo‘lsangiz ham, shartnomada 18 oy yozilgan bo‘lishi mumkin.
Termination fee
Shartnomadan erta chiqsangiz, alohida to‘lov olinadi.
Processing va wire fee
Har bir yuk yoki o‘tkazma uchun kichik to‘lovlar olinadi va oy oxirida ular yig‘ilib qoladi.
Aging fee
Broker kech to‘lasa, kechikkan har bir kun yoki oy uchun alohida to‘lov olinadi.
Agent shartnomani factoringning ko‘zi bilan o‘qiydi, biz esa uni sizning ko‘zingiz bilan o‘qiymiz.
Natijalar
$5 000 000+
Brokerlardan mijozlarimizga shuncha pul yig‘ib berganmiz.
$3,5 mln
Bitta mijozimizda
Kompaniya egasi brokerlarda shuncha puli qolib ketganini bilmas edi. Auditda bu pul chiqdi va 2026-yilning o‘zida uni yig‘ib berdik.
1–1,5%
Yangi MC’larga
1–3 ta truckli yangi kompaniyalarga 3–4 oyga fixed foiz olib berganmiz. Odatda bunday foiz 15–20 ta truckli kompaniyalarga beriladi.
Past %
Mijozlar bazasi
Bizda mijozlar bazasi katta, shuning uchun factoring kompaniyalar biz orqali kelgan kompaniyalardan ko‘chadan pastroq foiz oladi.
Mijozlarimizning nomini aytmaymiz.
Abdulloh
Factoring va aging bo‘yicha mutaxassis
Men haqimda
Men factoring kompaniyasi emasman
Factoring kompaniyasi ham, uning agenti ham factoringning manfaatini ko‘radi. Men esa factoring bilan sizning o‘rtangizda turaman va sizning manfaatingizni himoya qilaman.
Moliya bo‘yicha o‘qiganman va ACCA dasturidagi factoring bo‘limidan dars berganman. Bugun jamoam AQShdagi trucking kompaniyalarining factoring va aging ishlarini yuritadi.
- ACCA · factoring bo‘limi
- AQShdagi trucking kompaniyalari
- O‘zbek · Rus · Ingliz
Hisoblash
Factoringga aslida qancha to‘layapsiz?
Shartnomangizdagi raqamlarni kiriting. Natija taxminiy, aniq raqamni auditda shartnomangizdan chiqarib beraman.
Aslida to‘layotgan foizingiz
2,90%
1,25% deb yozilgan shartnoma sizga aslida 2,90% ga tushyapti.
- Oyiga factoringga ketadi
- $2 900
- Yiliga
- $34 800
- Shartnomadagi foizdan ortiqcha, yiliga
- $19 800
Kalkulyator shartnomadagi foiz bilan flex rate yig‘indisini oylik submitga ko‘paytiradi, o‘sha kuni olingan qismiga same-day foizini qo‘shadi va boshqa to‘lovlarni ustiga qo‘yadi.
Bepul audit · 2 hafta
2 hafta ichida factoring bo‘limingizni boshidan oxirigacha tekshiramiz
Tekshiruv uchun hech narsa to‘lamaysiz. Natijani ko‘rgandan keyin xizmat olish-olmaslikni o‘zingiz hal qilasiz.
- 01
Aging
30 kundan oshgan har bir yukni ko‘rib, qaysi yukning puli qaytishini, qaysi biriga hujjat yetishmayotganini va qaysi broker bilan bond orqali ishlash kerakligini ajratamiz.
- 02
Brokerlar
Siz ishlayotgan brokerlarning bondi, insurance holati va litsenziyasi amaldami, shuni tekshiramiz.
- 03
Shartnoma
Har bir to‘lovni alohida yozib chiqamiz va factoringga oyiga aslida qancha ketayotganini hisoblaymiz. Shartnoma qachon tugashini va avtomatik uzayishini qaysi kungacha to‘xtatish kerakligini ham aytamiz.
- 04
Natija
Topilgan har bir muammoni raqam bilan ko‘rsatamiz va nima qilish kerakligini aytamiz. Hisobot o‘zingizda qoladi.
Xizmatlar
Sizning holatingiz qaysi?
Shartnomani va agingni tartibga keltiramiz
- Foizni hajm oraliqlari bo‘yicha tushirishni factoring kompaniyasi bilan gaplashamiz.
- Minimal submit va termination fee kabi bandlarni ko‘rib, ularni olib tashlatishga harakat qilamiz.
- Broker to‘lamagan yuklarni har kuni follow up qilamiz.
- Siz ishlayotgan brokerlarning bondi va insurance holatini kuzatib boramiz.
Biz factoring kompaniyalari bilan har kuni ishlaymiz, shuning uchun bu gaplar oddiy ish tartibida bo‘ladi.
Factoring akkauntini past foiz bilan ochamiz
- Factoring tanlashga yordam beraman va agent bilan uchovlon meeting qilamiz.
- Meetingda factoring foizini, minimal submit shartini va muddatni sizning tomoningizda turib gaplashaman.
- 1–3 ta truckli yangi kompaniyalarga 3–4 oyga fixed 1–1,5% foiz olib berganmiz.
- Istoriyasi toza kompaniyaga akkauntni 5–6 ish kunida ochamiz.
Application topshirilgandan keyin boshqa factoringga o‘tish qiyinlashadi, shuning uchun applicationdan oldin gaplashganimiz yaxshi.
Almashtirishni boshidan oxirigacha o‘zimiz qilamiz
- Shartnoma qachon tugashini va xabar berishning oxirgi kunini topamiz.
- Ochiq balansni yopishning qaysi yo‘li arzonga tushishini hisoblaymiz.
- Eski factoring brokerlarga letter of release yuborishini, yangisi esa NOA yuborishini nazorat qilamiz.
- Brokerlar pulni eski factoringga to‘lab qo‘ymasligini kuzatib boramiz.
Broker pulni eski factoringga to‘lab yuborsa, uni qaytarib olishga qo‘shimcha vaqt va yozishmalar ketadi.
Jarayon
Ariza qoldirgandan keyin nima bo‘ladi?
- 1
Ariza 1 daqiqa
Kompaniyangiz haqida 5 ta qisqa savolga javob berasiz.
- 2
Qo‘ng‘iroq 15 daqiqa
Jamoam sizga qo‘ng‘iroq qiladi va audit uchun nima kerakligini aytadi.
- 3
Audit 2 hafta
Shartnomangizni, aging hisobotingizni va brokerlaringizni tekshiramiz.
- 4
Natija Bepul
Natijani online meetingda ko‘rsatamiz, hisobot o‘zingizda qoladi.
Kimga
Bu audit trucking kompaniya egalari uchun
To‘g‘ri keladi
- MC yoki DOT raqami o‘z nomingizda.
- Factoring bilan ishlaysiz yoki yangi akkaunt ochmoqchisiz.
- Brokerlar to‘lamagan yuklaringiz bor.
- Truckingiz 1 ta bo‘lsa ham, audit qilamiz.
To‘g‘ri kelmaydi
- Dispatcher, updater yoki accounting xodimisiz.
- Company driver yoki lease operatorsiz.
- Factoring yoki broker kompaniyasida ishlaysiz.
Narx
Pul yig‘ilmasa, hech narsa to‘lamaysiz
Audit
Bepul
2 hafta davom etadi, hisobot o‘zingizda qoladi.
- Natija bo‘lsagina
Aging
15%
Faqat brokerlardan yig‘ib bergan pulimizdan olamiz. Pul yig‘ilmasa, hech narsa to‘lamaysiz.
Shartnoma va akkaunt
Kelishiladi
Foizni tushirish, factoringni almashtirish yoki yangi akkaunt ochish narxini ish boshlanishidan oldin aytaman.
Masalan, brokerlardan $10 000 yig‘ib bersak, $1 500 olamiz, qolgan $8 500 sizda qoladi.
Savollar
Ko‘p beriladigan savollar
Audit rostdan bepulmi?
Ha, audit uchun hech narsa to‘lamaysiz. Natijani ko‘rgandan keyin xizmat olish-olmaslikni o‘zingiz hal qilasiz, hisobot esa baribir o‘zingizda qoladi.
15% qanday hisoblanadi?
Faqat brokerlardan yig‘ib bergan pulimizning 15 foizini olamiz. Masalan, $10 000 yig‘ib bersak, $1 500 olamiz. Pul yig‘ilmasa, haq olmaymiz.
Siz factoring kompaniyasimisiz?
Yo‘q. Men factoring kompaniyasi emasman va factoring sotmayman. Factoring bilan sizning o‘rtangizda turib, sizning tomoningizda gaplashaman.
Factoring kompaniyam bilan munosabatim buzilmaydimi?
Yo‘q. Biz factoring kompaniyalari bilan har kuni ishlaymiz. Foizni tushirish yoki shartnomani o‘zgartirishni oddiy ish tartibida gaplashamiz.
Shartnomam hali tugamagan. Audit baribir kerakmi?
Ha. Shartnoma o‘rtasida ham foizni hajm oraliqlari bo‘yicha gaplashsa bo‘ladi. Shartnoma qachon tugashini va avtomatik uzayishini qaysi kungacha to‘xtatish kerakligini ham oldindan aytib beramiz.
Factoringim brokerdan pulni o‘zi yig‘mayaptimi?
Factoringning o‘z ishi ko‘p. 30 kundan oshgan yukni sizning tomoningizdan hech kim follow up qilmasa, u agingda yotaveradi. Ko‘p factoring esa ma’lum muddatdan keyin bu pulni keyingi yuklaringiz pulidan chargeback qilib ushlab qoladi.
Ingliz tilini yaxshi bilmayman. Bu muammo emasmi?
Yo‘q. Shartnomani biz o‘qiymiz, agent va brokerlar bilan ham o‘zimiz gaplashamiz. Siz bilan esa o‘zbek, rus yoki ingliz tilida gaplashamiz.
Audit uchun nima kerak bo‘ladi?
Factoring shartnomangiz, aging hisobotingiz va factoring portaliga kirish kerak bo‘ladi. Qolganini qo‘ng‘iroqda aytamiz.
Ma’lumotlarim boshqalarga chiqib ketmaydimi?
Yo‘q. Shartnomangizni va hisobotlaringizni faqat audit uchun ko‘ramiz va boshqalarga bermaymiz.
Yangi MC ochdim, factoringim hali yo‘q. Menga ham yordam berasizmi?
Ha. Factoring tanlashga, agent bilan gaplashishga va akkauntni past foiz bilan ochishga yordam beraman. Istoriyasi toza kompaniyaga akkaunt 5–6 ish kunida ochiladi.
Brokerlarda qolib ketgan pulingizni 2 hafta ichida bepul topib beraman
Formani to‘ldirish 1 daqiqa oladi. Audit bepul, hisobot o‘zingizda qoladi.
Truck soningizni tanlang
Faqat trucking kompaniya egalari uchun